Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha besh tomonlama hamkorlik memorondumi imzolandi

0
1412

Samarqand garnioznidagi harbiy qismda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini shakillantirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida hamkorlik memorandum imzolandi.

Unda tomonlar sifatida harbiy qism, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat boʻlimi, Samarqand viloyati madaniyat va sanʼat xodimlari “Eʼzoz” assosatsiyasi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalar agentligi tizimidagi Samarqand shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi ishtirok etdi.

Hamkorlik doirasida oʻquvchi yoshlar uchun harbiy qismda “Bir kun askarman” loyihasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muntazam oʻtkaziladi, harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida turli harbiy va milliy sport musobaqalarini tashkil etiladi, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, kitobxonlik kechalari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va yoshlar uchun musiqa va sanʼat, teatr yoʻnalishi boʻyicha turli toʻgaraklarni tashkil etish, ular ishtirokida doimiy ravishda konsert dasturlarini namoyish etish belgilangan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati