Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbir

0
84

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida harbiy xizmatchi hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari oʻrtasida korrupsiya va poraxoʻrlikni oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida Markaziy aloqa uzelidagi barcha toifadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oʻz qoʻl ostidagi harbiy xizmatchilarga moddiy koʻrinishdagi vazifalarni qo‘ymasliklari
va mansabdor shaxslar tomonidan oʻzlarining egallab turgan lavozim majburiyatlarini toʻgʻri bajarishlari boʻyicha tushuntirib, korrupsiyaga yomon illatligi va buning uchun jinoiy javobgarlikka tortilish mumkinligi haqida ogohlantirildi.