Samarqandda harbiy xizmatchilar Behbudiy uy-muzeyida boʻldi

0
1118

Samarqand garnizonidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilar bir guruh yoshlar bilan Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida harbiy xizmatchilar “Samarqand” gazetasi, “Oyina” jurnali asoschisi, jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxoʻja Behbudiyning ijodi va hayoti toʻgʻrisida, oʻsha davr madaniyati, maʼrifati, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan bir qancha maʼrifatparvar olimlar haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldi.

Muzey ekspozitsiyalari ilmiy konsepsiyaga asoslangan boʻlib, unda Behbudiy hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy voqeliklarga doir maʼlumot va ashyolar namoyishga qo‘yilgan. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati