Angrenda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining navbatdagi mavsumi yakunlandi

0
1080

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiya bilan birgalikda harbiy-maʼmuriy sektorlar ham oldingi qatorlarda boʻlishi va bu borada harbiy okruglar bilan hamkorlikda yosh vatanparvarlar yigʻinini izchil davom ettirish vazifasini belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifa ijrosini davom ettirish maqsadida bu gal Toshkent viloyati hokimligi hamda Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tashabbusi bilan Angren garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar uchun “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini tashkil etildi.

Yig‘in davomida ishtirokchilar 4 ta yoʻnalish boʻyicha kasbiy savodxonliklarini oshirishdi. Ular nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Angren shahrida joylashgan Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari, 10 kun davomida yoshlar jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari va tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilindi.

Kuni kecha yig‘inning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, okrug qoʻmondonligi, Yoshlar ishlari agentligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda 100 nafar yoshlarga egallagan mutaxassisliklari boʻyicha sertifikatlar hamda turli sport musobaqlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan yoshlarga musobaqa esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati