Jasorat maktabi – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigining kaliti

0
1207

Xabaringiz bor, Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

Yig‘in dasturiga asosan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va sharoitlar yaratilmoqda, yohud yig‘inning dasturiga asosan yoshlarning harbiy qismdagi kuni qanday o‘tmoqda? degan savolga batafsil javob beramiz.

Har kun yoshlar uchun tongi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlanib, dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatlar, jangovar va saf tayyorgarligi tayyorgarlik kabi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ular “Yosh tadbirkorlar”, “Yosh sartaroshlar”, “Yosh elektriklar” hamda “Yosh hunarmandlar” guruhiga ajratilib, Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” mono markazining malakali mutaxasisilari, oliy ta’lim muassasalarining pedogoglari hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Yoshlarni harbiy vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizga hurmat ruhida qarash, tinch va osoyishta hayotni qadriga yetish va uni asrab-avaylash kabi tushunchalarni yetkazish hamda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga oid qonun osti hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Xususan, o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da okrug qo‘mondonligi boshchiligida shahar va tuman mudofaa ishlar bo‘limi rahbarlari ishtirokida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istagini bildirgan yoshlarning muammolari atroflicha o‘rganilib ijobiy yechimlar topildi.

Yig‘in davomida yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari targ‘ib etish uchun turli sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar viloyat hokimi kubogi uchun “Kamondan o‘q otish” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bundan tashqari, yig‘in yakuniga qadar qo‘mondon kubogi uchun harbiy estafeta, IIB boshlig‘i kubogi uchun voleyboy, prokuror kubogi uchun milliy kurash, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshllar ittifoqi kubogi uchun zakovat o‘yinlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Yoshlarning ma’naviy va ahloqiy jihatdan manan inson etib tarbiyalash hamda ularning dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida ham alohida e’tibor qaratilib, Ona vatanni va tinchlikni ulug‘lovchi kino filmlar hamda o‘zining mazmun mohiyati va hayot maktabi sifatida o‘rnak bo‘la oladigan buyuk ajdodlarimiz haqidagi teatr sahnalari bilan birga kitob taqdimotlari tashkil etilmoqda.

Umuman olganda yoshlar yaratilayogan sharoit va imkoniyatlarga javoban yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida dahldorligini oshirib, mashg‘ulotlarni mukammal o‘rganishga va ertangi kunda mustaqil hayotga dadil qadam tashlashi uchun shijoati ortmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati