“Armiya — jasorat maktabi”

0
1388

Toshkent viloyatida uyushmagan hamda profilaktik hisobda boʻlgan yoshlar bilan “Armiya — jasorat maktabi” shiori ostida “Jasorat maktabi” yigʻinining birinchi mavsumi o‘tkazilmoqda.

Ayni damda Angren garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan “Jasorat maktabi” yigʻini ishtirokchilari to‘rtta yoʻnalish boʻyicha kasbiy savodxonliklarini oshiryapti. Kuni kecha ular nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Angren shahrida joylashgan Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Yoshlarning vaqlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli xildagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, intellektual oʻyinlar, davra suhbatlari oʻtkazilyapti. Shu bilan birga, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitob oʻqish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalit ekanligini keng targʻib qilish maqsadida harbiy qism kutubxonasi eshiklari yig‘in ishtirokchilari uchun doimo ochiq.