Harbiy xizmatchilarning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tanlov

0
1427

Zahiriddin Muhammad Boburning beqiyos ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʻrganish, buyuk sarkarda va ajdodlarimizning boy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini, harbiy jamoalarning milliy va jangovor ruhini oshirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida “Zahiriddin Muhammad Bobur izidan” koʻrik tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda respublikamizning deyarli barcha hududlaridagi harbiy qismlardan saralanib kelgan jami sakkiz jamoa oʻzaro bellashuvga kirishdi.

Tanlovda jamoalar toʻrt — “Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur mohir va isteʼdodli sarkarda”, “Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistondagi Boburiylar imperiyasi asoschisi” hamda “Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi” shartlari boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan baholanib borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra quyidagi jamolar gʻolib deb topildi:

  • 1-oʻrin — Fargʻona viloyati jamoasi;
  • 2-oʻrin — Toshkent viloyati jamoasi;
  • 3-oʻrin — Navoiy viloyati jamoasi.

Tanlovda gʻolib boʻlgan jamoalar vazirlik bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi hamda qoʻmondonlik tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.