Zirhli texnikalarni ta’mirlash zavodida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib oְ‘tdi

0
1166

Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.  

Kecha, 1-fevral kuni Chirchiq shahrida joylashgan Zirhli texnikalarni ta’mirlash zavodida maktab o‘quvchilari uchun  “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi. Tadbirda 15-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Dastlab o‘quvchilar zavodda olib borilayotgan ishlar va yangiliklar haqida xabardor qilindi. Shundan keyin yoshlar kasb egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, texnikalar bilan ishlash, ehtiyot qismlarni yoyish va yig‘ish jaroyonlarida bevosita ishtirok etdi. Shu bilan birga, o‘quvchi qizlar  tikuvchilik sexida bo‘lib, o‘zlarini kasbiy jihatdan sinab ko‘rishdi.

Kun davomida “Rahbar va yoshlar” hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari ham o‘tkazildi.

Feruza Nuratdinova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsyalar departamenti