Olis hududlardagi maktablarda jasorat darslari oʻtkazilmoqda

0
980

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tumandagi bir nechta maktablarda jasorat darslari, davra suhbatlari oʻtkazib kelishmoqda.

Muborak tumanida joylashgan 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Sohibqiron Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi sinflari tashkil etilgan. Maskanda buyuk sarkardalar bosib oʻtgan shonli yoʻl va ularning davomchilari sanaladigan bugunning harbiy xizmatchilari borasida kechgan suhbatlar oʻquvchilar uchun muhim maʼlumotlarga boy boʻldi.

Tumandagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham xuddi shu mazmundagi tadbir tashkil etildi. Yuqori sinf oʻquvchilari bilan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish – sharafli burch!” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Yurt himoyachilarining egniga harbiy libos kiyib, Vatan muhabbati haqida bildirayotgan fikrlari ertamiz egalarida chuqur taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar okrug boʻylab tizimli ravishda oʻtkazilishi belgilangan.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati