“Vatanparvarlik karvoni”ning navbatdagi aksiyasi

0
1054

Xorazm viloyatida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey harbiy xizmatchilari va oʻqituvchilari Buxoro viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Vatanparvarlik karvoni”ning navbatdagi aksiyasida ishtirok etdi.

Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta’lim fakultetida o‘tkazilgan tadbirda viloyatning umumtaʼlim maktablaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Unga ishtirokchilarga Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalari, “Temurbeklar maktabi” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi to‘g‘risida videoroliklar namoyish etilib, targʻibot-tashviqot bukletlari tarqatildi.

Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari harbiy taʼlim fakultetida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud zamonaviy texnika va qurol-aslahalar, tarix muzeyi va kutubxona bilan yaqindan tanishdi. Harbiy-akademik litsey xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar seminar ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.