Andijondagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1131

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Andijon harbiy prokuraturasi, Andijon viloyati Milliy gvardiya, qoʻriqlash, favqulodda vaziyatlar va mudofaa ishlari boshqarmalari hamkorligida harbiy qismda harbiy vatanparvarlik festivali va “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Unga Andijon shahri va tumanidagi umumtaʼlim maktablari va litsey oʻquvchilari hamda mahallalar yoshlari keng jalb etildi.

Harbiy, maxsus texnikalar va aslahalar namoyishi, koʻrgazmali chiqishlar va Vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar, yosh askarlar va oʻquvchilarning vatanparvarlik haqida yozgan sheʼrlari barchaning, ayniqsa, yoshlar qalbidagi vatanparvarlik tuygʻusini junbishga keltirdi.

Shuningdek, yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.