Faol yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

0
1223

Toshkent shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarning birida “Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida Toshkent shahar yuridik texnikumi talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida oʻquvchilar uchun harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, “Adiblar bogʻi”, muzeylar, oʻquv mashgʻulot xonalari, fitness zallar boʻylab ekskursiya uyushtirilib, harbiy psixologlar tomonidan turli qiziqarli psixologik oʻyinlar tashkillashtirildi.

Uchrashuvning badiiy qismi faollar zalida davom etdi. Unda mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularning ilm olishi, kasb-hunar organishi uchun yaratilgan sharoitlar xususida soʻz bordi. Shu bilan birga, oʻquvchilarga harbiy oliy taʼlim muassalariga oʻqishga kirish boʻyicha batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida jadidlar hayotiga bag‘ishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.