Samarqandda yoshlar uchun yangi loyiha yoʻlga qoʻyildi

0
939

Markaziy harbiy okrugda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalar yetakchilari, yoʻnalish koordinatorlari hamda “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokida “Bir kun askarman” loyihasi oʻtkazildi.

Ushbu loyihadan koʻzlangan maqsad yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangicha tizimini joriy etish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida bevosita ishtirokini taʼminlash, Vatanga boʻlgan mehri va sadoqatini yanada oshirishdan iboratdir.

Loyiha avvalida yoshlar Samarqand garnizonidagi harbiy qismda kutib olinib, ularga harbiy liboslar berildi, soʻngra harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishitirildi.

Tarix oʻquv binosida tashkil etilgan mashgʻulotlar davomida yoshlar Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va jadidlarga bagʻishlangan oʻquv sinfida buyuk davlat barpo etgan sarkardalarning boy tarixi va meʼrosi, millatparvar adiblarimizning xalqimiz orasida sanʼat, adabiyot, ilm-fan rivoji uchun olib borgan zahmatlari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shundan soʻng loyiha ishtirokchilari “Sazagan” dala oʻquv maydonida haqiqiy harbiycha hayotni koʻzdan kechirib, harbiy xizmatchilarning amaliy mashgʻulotlarida bevosita ishtirok etdi. Jumladan, yoshlar saf tayyorgarligi, harbiy topografiya, muhandislik, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish hamda oʻqotar qurollarni qismlarga ajratish boʻyicha mashgʻulorda qatnashdi.

Bundan tashqari, dal-oʻquv maydonida “Uch avlod uchrashuvi” ham oʻtkazilib, unda keksa avlod vakillari tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda, xususan, Qurolli Kuchlar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati