“Vatan tayanchi” a’zolari “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirdi

0
605

Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzolari uchun Urganch davlat universiteti qoshida 2018-yilda ochilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Yoshlarni oʻz davrida yurt ravnaqi, xalq kelajagi, ona tili, madaniyati va urf-odatlarini saqlash yoʻlida nohaq qamalgan va qurbon boʻlgan yurtdoshlarimizning jasorati va mardligi bilan tanishtirish, jadidchilik harakati uchun fidoyilarcha kurashgan ota-bobolarimizning kelajak uchun qoʻshgan hissasini keng targʻib etish maqsadida tashkil etilgan ekskursiya sermazmun oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, muzey fondi professor-oʻqituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi, Ichanqalʼa muzey fondi materiallari asosida yaratilgan.

Muzeydan 1937-yilgi deportatsiyada Xorazm viloyatiga koʻchirib keltirilgan koreys diasporasi vakillari bilan hamkorlikda yigʻilgan materiallar ham oʻrin olgan.

Shundan keyin yosh mehmonlar muzey fondidan oʻrin olgan ekspozitsiyalar, qatagʻon qurbonlari xotirasini tarixda muxrlovchi hujjat namunalar bilan yaqindan tanishidilar.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati