“Dala o‘quv maydonida bir kunim”

0
9552

Andijon garnizonidagi harbiy qism va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlikda ittifoqning viloyat Kengashi apparati xodimlari, viloyat sardorlari hamda oliy ta‘lim muassasidagi vatanparvarlik yo‘nalishidagi koordinatorlar ishtirokida “Dala o‘quv maydonida bir kunim” loyihasi tashkil etildi.

Mazkur loyiha aholining, birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoit yaratish, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foyldalanish, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir ekanligiga qatʼiy ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Bir kun davomida “Dala o‘quv maydonida quyidagi mashgʻulotlar tashkil etildi:

  • avtomatni toʻliq qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha master klass oʻtish;
  • amaliy oʻq otish mashqlarini bajarish;
  • mutaxassislar bilan tank boshqaruvini oʻrganish;
  • minalangan hududni zararsizlantirish hamda undan oʻtish;
  • gazga qarshi niqobni toʻgʻri va tez kiyish;
  • granata uloqtirish;
  • kompas yordamida ishlashni oʻrganish;
  • jabrlangan askarga birinchi tez yordam koʻrsatishni oʻrganish kabi turli mashqlarni bajarish.

Loyiha yakunda yoshlar va rahbarlar ishtirokida gulxan atrofida suhbat hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati