Yoshlarni yangi marralar sari undayotdan festivallar

0
1995

Samarqand viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan shahar va tumanlardagi mahallalarda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, iqtidori va iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda hayotda o‘z o‘rini topishiga ko‘maklashish maqsadida mahallarda o‘rganishlarni olib borib, yoshlarni beshta muhim tashabbus asosida shug‘ullanishlari uchun Prezidentimizning yo‘llagan sovg‘alarini tarqatishdi.

Xususan, mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan musobaqalar uchun viloyatdagi 1126 ta mahallaga toʻrt turdagi 10 mingdan ziyod sport jihozlari topshirildi.

Ishchi guruh tarkibida bo‘lgan Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari mahalla yoshlari bilan oʻzaro suhbat va muloqotlar o‘tkazib, mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, ertamiz egalarining qalbida vatanparvarlik hislarini uyg‘otish maqsadida vatanparvarlik festivallarini o‘tkazmoqda.

Jumladan, kuni kecha Urgut tumanining “Mang‘itobod”, “O‘roq bajarma” va “Birlik” mahallalarida, Toyloq tumanining “O‘rta qishloq” mahallasida hamda Narpay tumanining “Oqtosh” shaharchasida uch avlod uchrashuvlari va vatanparvarlik festivallari tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati