Harbiy xizmatchilar orasida “Bobur bilimdonlari” aniqlandi

0
3117

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida “Zahiriddin Muhammad Bobur izidan” respublika tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda muddatli harbiy xizmatchilar va kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilardan iborat 5 ta jamoa uchta shart bo‘yicha: Bobur ijodi, jang san’ati va Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, g‘oliblik uchun bellashdi. Tanlovda Zoom platformasi orqali hududlardan ham jamoalar ishtiroki tashkil qilindi.

Ko‘rik-tanlov adolatli va shaffof baholanishi uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarixshunoslari jalb qilindi. Yakuniya natijalarga ko‘ra, “Samo posbonlari”, “Boburnoma” va “Tarix izdoshlari” jamoalari 3-o‘rinni, “Bobur izdoshlari” 2-o‘rin, “Aloqachilar” 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur tanlovning uchinchi bosqichida, ya’ni Mudofaa vazirligi bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar nizomda belgilangan tartibda, lavozim maoshining belgilangan miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti