Harbiy qismda jadidlar harakati g‘oyalarining milliy armiyamizdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

0
763

“Askarsiz millat jonsiz gavda hukmidadir. Askarlik millatning hayot-mamot masalasini hal qilish uchun zo‘r ro‘llar o‘ynaydurg‘on bir kuchdir”, degan edi o‘z davrida Abdulla Qodiriy. Darhaqiqat, jadidlar nafaqat hurriyat, mustaqillik, ta’lim-tarbiya xususida, balki mamlakat mudofaasi, xalq himoyasi haqida ham kuchli milliy g‘oyalarini ilgari surgan.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda Jadidlar harakatiga bag‘ishlab “Jadidchilik harakatining o‘zbek milliy ma’naviy taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham bu borada olimlar tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Unda olimlarning jadidlar harakatining mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalari tinglandi hamda yosh harbiy izlanuvchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departmaneti