Xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan kursantlarni saralash boshlandi

0
2653

Har yili Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar oliy harbiy ta’lim mussasalari o‘rtasida xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi ko‘pchilikka ma’lum. Ayni kunlarda ushbu nufuzli olimpiadada ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida ingliz tili fani boʻyicha Respublika saralash bosqichi oʻtkazilmoqda.

Respublika saralash bosqichida Qurolli Kuchlar akademiyasi, Harbiy aviatsiya instituti, Mudofaa vazirligi Axborot-komunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtining eng bilimdon kursantlaridan shakllangan jamoalar ishtirok etmoqda.

Olimpiada davomida tanlovning murakkab topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun ishtirokchilardan ijodiy va intellektual kuchlarini jamlash, Vatan himoyachilari uchun muhim boʻlgan maqsad sari intiluvchanlik hamda murakkab vaziyatlarda qatʼiy va toʻgʻri qaror qabul qila olish mahorati talab etiladi.

Maqsad xalqaro miqyosda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nufuzini oshirish, mamlakatimizda harbiy ilm-fan sohasidagi erishilayotgan yutuqlarni namoyish etish hamda oʻtkazilgan fan olimpiadalarida yurtimiz shaʼnini himoya qiladigan munosib jamoani tanlab olishdir.