Xalq va armiya – yakdil

0
1070

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Darhaqiqat,  Vatan muqaddas,  uning tinchligini asrash va himoya qilish esa har bir farzand uchun muqaddas burchdir.  Bugun ana shu maqsad yo‘lida tunni kunga ulayotgan harbiy xizmatchilar yoshlarga namuna bo‘lmoqda. Ular harbiy xizmatchilarning sadoqati va mardligidan kuch olib, yurt taraqqiyoti, jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilib olmaqda.

O‘tgazilgan tadbirda ham ana shu fikrlar o‘z aksini topdi. Xususan, armiya hayot maktabi ekani, bu yerda inson har tomonlama toblanishi misollarda keltirib o‘tildi.

Faxriy qaravulning chiqishlari va yurt o‘g‘lonlari  tomonidan bajarilgan qo‘l jangi elementlari yig‘ilganlarda sharafli kasbga qiziqishni yanada oshirgan bo‘lsa ajabmas. Harbiy orkestrning diltortar navolari esa barchaga birdek manzur bo‘ldi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti