Yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi

0
1282

Soʻnggi yillarda milliy armiyamiz yoshlar nigohida chinakam mardlik va jasorat maktabi boʻlib xizmat qilayotgani hech kimga sir emas. Yoshlarning barcha qatlamlari ishtirokida olis hududlarda joylashgan harbiy qismlarda oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, ekskursiyalar va festivallar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi Mudofaa vazirligiga qarashli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tarzida o‘tkazildi.

Tadbirga tuman hokimyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari hamda ichki ishlar profilaktik roʻyxatida turadigan yoshlar taklif qilindi. Mehmonar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanishidi, harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi, qurol-aslahalar koʻrgazmasi esa yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Xuddi shunday tadbir respublikaning olis hududlaridan hisoblangan Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qismda ham boʻlib oʻtdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ular oʻrtasida doʻstona musobaqalar tashkil etildi.