Teatr jamoasi harbiy-akademik litseyga tashrif buyurdi

0
985

Xorazm viloyatidagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbiri oʻtkazildi.

Unda Xorazm viloyati musiqali drama teatri “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi rejissyor Odamboy Abdullayev, musiqali drama teatri aktyorlari, Oʻzbekiston xalq artisti Guloro Rahimova, Jumanazar Shomurodov, harbiy-akademik litsey direktori Ixtiyor Saidov, litsey tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Tadbir harbiy-vatanparvarlik ruhidagi videorolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan soʻng, Urganch davlat universiteti professor pedagoglari tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, insonlar hayotiga ijobiy taʼsiri haqida maʼruzalar qilindi.

Teatr jamoasi tomonidan buyuk aldodlarimiz haqida tarbiyaviy ahamiyatga ega chiqishlar, tarixdan saboq beradigan epizodlar, badiiy asarlardan parchalar namoyish etildi.

Vatanparvarlik, shukronalik va koʻngilochar mavzularda estrada qoʻshiqlari ijro etildi. Qatnashchilar tomonidan sport va viktorina musobaqalari tashkillashtirilib, gʻoliblar taqdirlandi.