Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi uchun test sinovlari boshlandi

0
7428

Ayni kunlarda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar oʻrtasida test sinovlari boʻlib oʻtmoqda. Jarayonlar shu sohaning mutaxassislari ishtirokida hamda zamonaviy videokuzatuv apparatlari bilan jihozlangan auditoriyalarda oʻtayotganligidan ham shuni anglash mumkinki, test jarayonlari shaffof va haqqoniy boʻlib oʻtmoqda.

Toshkent davlat agrar universitetida ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridagi muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar oʻz bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tavsiyanomaga ega boʻlish uchun bor imkoniyatni va salohiyatni ishga soladigan paytlar keldi. 3 soat ichida 100 ta savolga javoblarni topish kerak. Mana shu 3 soat kelajakda oʻz oʻrnini topishi uchun har bir yigitga berilgan imtiyoz boʻlsa ne ajab.

Bugungi test sinovlari “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g’risida”gi nizom asosida amalga oshirilmoqda, – deydi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bosh mutaxassisi Ne’matjon Hojiddinov. – Muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini qanchalik o‘zlashtirganini yakuniy baholash, ularning bilim darajasini tekshirishga qaratilgan mazkur test sinovlari matematika va fizika fanlari bo‘yicha hamda mantiqiy test savollari agentligimiz tomonidan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ishtirokida umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini inobatga olgan holda tuzilgan. Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi jangovar tayyorgarlik, 20 tasi ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi matematika, 10 tasi fizika fani bo‘yicha, qolgan 20 tasi mantiqiy test savollaridan iborat. Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball 110 ballni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar uch yil mobaynida amal qiladi.

2019-yildan buyon oliy taʼlim muassasalariga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida olgan tavsiyanoma boʻyicha hujjat topshirishlari uchun alohida qoʻshimcha 5 foizli kvotalar belgilangan. Bunda oʻsha oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan imtiyoz egalari oʻrtasida ajratilgan 5 foizli kvota doirasida raqobat boʻladi. Oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida esa biroz boshqacharoq boʻlishi taʼkidlangan. Yaʼni imtiyozga ega boʻlgan abuturiyent kirish imtihonlarida toʻplagan balining 50 foizi qoʻshib beriladi.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi

Katta leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti