Surxon vohasida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi

0
1848

Milliy armiyamizda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarning koʻplab oʻtkazilishi va ularda yoshlarning ishtirok etishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan himoyasiga boʻlgan qiziqishi ortishiga, yurtga muhabbat tuygʻusi bilan ulgʻayib, komil inson boʻlib yetishishiga katta hissasini qoʻshadi.

Denov tumani hokimligi hamda Xayrobod garnizonidagi harbiy qismlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari bu borada oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Harbiy qismda shu kabi ezgu maqsadlar yoʻlida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida maʼlumot berildi, shuningdek, ular harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlari, oʻquv xonalari, kutubxona, muzey va mavjud oʻquv moddiy bazalari bilan yaqindan tanishdi.