“Harbiy qismda bir kun” loyihasi doirasida uch avlod vakillari uchrashdi

0
1454

Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga doimo shay turishga tayyorlash maqsadida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Unda hududlardagi umumta’lim maktablarining o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari ishtirok etib, milliy armiyaning bugungi qiyofasidan baxabar bo‘lish maqsadida garnizonlardagi harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, harbiy xizmatchilarning kundalik mashg‘ulotlarida bevosita ishtirok etishdi.

Harbiy qismlar bo‘ylab zamonaviy sharoit bilan tanishgan yoshlarga qurol-aslaha va texnikalar ham namoyish etilgani yoshlar qalbida Vatanni himoya qilishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, hur va ozod yashashning qadrini chuqur anglashga undadi.

Ushbi loyiha doirasida yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda hukm surayotgan tinchlikning asl mazmun mohiyatini chuqurroq anglashi uchun uch avlod uchrashuvlari ham tashkil etildi.

Unda keksa ovlod vakillari mamlakatimizda barcha sohalardagi islohotlar jadal sur’atlarda davom etayotganini, bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilayotganini aytib, bunday o‘zgarishlarga shukrona keltirib yashash hamda imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligini ta’kidladilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati