“Ustoz-shogird” an’analari davom etmoqda

0
1273

Xalqimizda “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar” degan ibratomuz hikmat bor. Unda milliy va xalqona qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Ustoz – shogirdning tarbiya tayanchi, u hunarga, kasbga, bilim olishga o‘rgatadi, tafakkur va dunyoqarashini shakllantiradi, yo‘llanma va ko‘rsatma beradi, kamchiliklarini bartaraf etadi.

Shogirdni mutaxassis darajasiga yetkazish uchun ustozning kasbiy ko‘nikmasi, malaka va tajribasi yetarli bo‘lishi talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ustoz o‘z kasbining mohir bilimdoni, ilmiy va ma’naviy yetuk inson bo‘lishi lozim. Bugunga kelib, “Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent harbiy orkugi qo‘mondonligi, viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida “O‘zbekiston iftixori” mavzusida davlat mukofoti sovrindorlari hamda sport ustalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda Chirchiq shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilaridan kerate bo‘yicha Jahon chempioni sovrindorlari, O‘zbekiston chempionlari hamda sport ustalari Nodir Rihsimov, Firdavs Mardonov, Ozod Ubaydullayev, “Eng ilg‘or jangchi”, “Dovyurak jangchi”, “Qo‘shni razvedka a’lochilari” musobaqalardai faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga muvaqqiyatga erishish sirlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar va ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan savol-javoblarda yoshlar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati