Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan tadbir

0
1287

Yoshlarni vatanpvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Andijon garnizonidagi harbiy qism va umumta’lim maktablarida “Men, albatta, harbiy bo‘laman” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, harbiy qismda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib, unda o‘quvchi-yoshlar, maktablardagi “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirok etdi. Qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga harbiy akalaridan batafsil javoblar oldi.

Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinfxonalarida esa buyuk ajdodlarimiz jasorati harbiylarimiz erishayotgan yutuqlarga bog‘lab, o‘quvchilarda Vatan himoyachisi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan suhbatlar ham bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy xizmat davomida yuqori natijalarga erishayotgan harbiy xizmatchilar yoshlarga mahorat darslarini o‘tdi.

Qayd etish joizki, bu kabi vatanparvarlik tadbirlari Andijon shahridagi umumta’lim maktablarida ham bo‘lib o‘tdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati