Nukus garnizonida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

0
1127

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Bellashuvda Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining maktabgacha taʼlim fakulteti talaba qizlaridan iborat 4 ta jamoa hamda garnizondagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlardan iborat 3 ta jamoa ishtirok etdi.

Oʻyinni Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy boʻlinmasi aʼzolari, harbiy qism vakillari, Nukus davlat pedagogika instituti oʻqituvchilaridan iborat hayʼat aʼzolari adolatli va holisona baholab bordi.

“Aql bahsi”da harbiy sohaga oid jami 12 ta mantiqiy savollar berilib, eng aniq javob bergan jamoalar yuqori pogʻonadan joy oldi.

Yakuniy sarhisoblar boʻyicha institut talaba qizlaridan iborat “Zukkolar” va “Vatanparvarlar” jamoalari faxrli birinchi va ikkinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. Muddatli harbiy xizmatchilardan tarkib topgan “Adolat” jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan tegishli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati