“Askar onalarini sharaflaymiz”

0
1609

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan joylarda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudarati, yusak gʻurur va sadoqat timsolidir!” degan shior asosida vatanparvarlik tadbirlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Mana shunday tadbirlardan navbatdagisi Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida bo‘lib o‘tdi.

Videokonferens aloqa tarzida tashkil etilgan tadbirda muddatli harbiy xizmatchilar, bilim yurti mas’ullari, nuroniylar, mahalla faollari va farzandini harbiy xizmat o‘tayotgn ota-onalar ishtirok etdi.

Albatta, yurt himoyasi yoʻlida sobit turgan farzandi bilan diydorlashuv, bu hatto onlayn tarzda bo‘lsada, har bir ota-ona qalbiga oʻzgacha quvonch, cheksiz hayajon va faxr-iftixor tuygʻularini bagʻishlaydi. Unutilmas lahzalarga boy tarzda kechgan mazkur tadbir davomida videokonferens aloqa tizimi orqali Qashqadaryo viloyatida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan bog‘lanildi.

Videomuloqot chogʻida yaqinlari bilan onlayn tarzda bo‘lsada ko‘rishgan askarlar ko‘ngliga iliqlik yugurdi, ularga xush kayfiyat baxsh etuvchi samimiy tilaklar aytildi. Shuningdek, yurt posbonlari harbiy qismlarda o‘zlari uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, berilayotgan imtiyozlarni ham alohida e’tirof etdilar. Tadbir yakunida farzandini yurt himoyasiga yoʻllagan jonkuyar va fidoyi onalar sharaflanib, tashkilotchilar tomonidan sovgʻa va guldastalar hadya etildi.

Muhammadali Akbarov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti