Samarqandda yosh harbiy oilalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

0
1462

Samarqand garnizonidagi barcha harbiy qism va muassasalardagi yosh harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada Samarqand viloyatidagi 30 ga yaqin davlat va jamoat tashkilotlari o‘zlarining 300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, ish beruvchi idoralar vakillar tomonidan harbiy oilalar uchun oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari hamda o‘quv kurslari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Mehnat yarmarkasida asosan xizmat joyini oʻzgartirib, yaqinda garnizonga kelgan va yangi oila qurgan harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari oʻzlariga mos ish oʻrinlari bilan tanishdi, ayrimlari mutaxasissligi bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga joylashishga muvaffaq bo‘ldi.

Jumladan, yarmarka davomida 40 dan ortiq oila bilan ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 62 nafar uy bekasiga ishga joylashtirish va qayta malaka oshirish kurslarida tahsil olish bo‘yicha yo‘llanma berildi.

Yarmarka davomida harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkiloti va umum ta’lim maktablariga joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati