“Harbiy pedagoglarni tayyorlash muammolari” mavzusida ilmiy seminar boʻlib oʻtdi

0
596

Qurolli Kuchlar akademiyasida oliy harbiy taʼlim muassasalarida harbiy-pedagogik faoliyatni zamon talablariga muvofiq tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning kasbiy pedagogik kompitentligi darajasini oshirishning dolzarb muammolarini muhokama qilishga yoʻnaltirilgan “Harbiy pedagoglarni tayyorlash muammolari” mavzusidagi vazirliklararo ilmiy seminar boʻlib oʻtdi.

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonlarini yuqori saviyada takillashtirish, rejalashtirish va oʻtkazish, undagi dolzarb muammolar va ularni yechish yoʻllarini muhokama qilish, oʻzaro fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur seminarda yurtimizdagi mavjud oliy harbiy taʼlim muassasalarining malakali va boy tajribaga ega oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Ilmiy semanarni Qurolli Kuchlar akademiyasi boshligʻi polkovnik Sh. Mamajonov kirish soʻzi bilan ochib berdi.Seminar davomida harbiy pedagoglarni tayyorlashning zamonaviy talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy kadrlarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida harbiy pedagoglarni tayyorlashning muammolari va yechimlari, Chegara qoʻshinlari mutaxassislarini tayyorlashda asosiy fan va taʼlim yoʻnalishlari hamda Qurolli Kuchlar aviatsiyasi mutaxassislarini tayyorlashdagi muammolar haqida soha mutaxassislarining maʼruzalari tinglandi.

Pedagog qadrlarni oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar eʼtirof etildi va bu islohotlarning harbiy ilm-fan rivojini yangi bosqichga koʻtarishdagi oʻrniga urgʻu berildi. Sohada erishilgan yutuqlar tahlil qilindi,tajribalar oʻrtoqlashildi.Tanqidiy ruhda oʻtgan seminar qizgʻin savol-javoblarga boy boʻldi.

Mayor Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti