Registon maydonida yoshlarni vatanparvarlikka undovchi festival o‘tkazildi

0
1334

Samarqand sayyoramizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Shahar har doim haqiqiy sharqona mehmondo‘stlikning chinakam namunasi bo‘lgani bilan ajralib turgan. Bu yerda bir necha millat vakillari doimo muammosiz yashab kelgan. Samarqandni odatda “Sharqiy Bobil” deb atashadi.

Unda go‘yo ulkan oynadagidek yo‘l aks etadi. Ko‘p avlodlar bosib o‘tgan yo‘l. Shaharning boy voqealari, yuksalishlar va pasayishlar, qimmatbaho topilmalar va eksponatlar, qadimiy obidalar dastlabki odamlar bu hududda ming yillar oldin yashay boshlaganliklarini tasdiqlashga imkon beradi.

Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar shaharda joylashgan Registon ansambliga tashrif buyuruvchi yoshlar hamda mehmonlarga milliy armiyamizning qudratini namoyon etish hamda u bilan faxrlanish kabi hislarni uygʻotish maqsadida oʻzlarining vatanparvarlik festivallarini oʻtkazdi.

Tadbir davomida yoshlar qalbida ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish maqsadida Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulugʻbek kabi buyuk ajdodlarimiz siymoasidagi chiqishlar, harbiy orkestr jamoalarining konsert dasturlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi va faxriy qorovul chiqishlari yoshlardagi harbiylikka boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati