Jizzaxda talaba yoshlarning yurt tinchligi va ravnaqiga daxldorligi oshirildi

0
1502

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Xalq va armiya — bir tanu bir jon!” tamoyili asosida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamiyatning katta qismini oʻsib kelayotgan tashkil etishi hamda ularda Vatan tuygʻusini yuksaltirish, mas’uliyatli va sharafli burch hisoblangan harbiy xizmat haqida kengroq maʼlumotlarga ega boʻlishlarida harbiy xizmatchilarning ahamiyati ortib boryapti.

Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida kuni kecha Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati ofitserlari hamda Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar Jizzax politexnika instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali hamda “Sambhram” universitetida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Unda talabalarga milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, mudofaa salohiyati, oliy harbiy bilim yurtlari hamda harbiy xizmatchilarimiz qoʻlga kiritayotgan ulkan yutuq va marralar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlardan soʻng, targʻibot tadbirlarining taʼsirchanligini oshirish maqasadida vatanparvarlik festivallari ham tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati