Milliy armiyamiz yoshlar nigohida

0
1263

Soʻnggi yillarda milliy armiyamiz yoshlar nigohida chinakam mardlik va jasorat maktabiga aylangani hech kimga sir emas. Yurtimizning olis hududlarida joylashgan harbiy qismlarda ham barcha yoshdagi fuqarolar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, ekskursiyalar va festivallar fikrimiz dalilidir.

Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda boʻlib oʻtdi. Mazkur “Ochiq eshiklar kuni”ga Jarqoʻrgʻon va Qumqoʻrgʻon tumanlarida istiqomat qilayotgan faxriylar, harbiy pensionerlar va tumandagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 700 nafardan ziyod oʻquvchi yoshlari tashrif buyurdi.

Dastlab mehmonlar harbiy qismga tantanali kutib olindi, rejaga asosan faxriylar va yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy oʻquv xonalari bilan yaqindan tanishdi. Shundan soʻng, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yaroqlar namoyishi boʻlib oʻtdi. Harbiy qismning xizmat itlari va harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali namoyishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

“Uch avlod uchrashuvi”ga ulanib ketgan tadbir davomida katta hayot tajribasiga ega nuroniylar oʻzlari bosib oʻtgan hayot yoʻllari va faoliyatlari xususida toʻxtalib, bugungi kunda yoshlar uchun sifatli taʼlim olish hamda katta marralarni zabd etishlarida barcha imkoniyat va sharotilar mavjud ekanini taʼkidladi.