Namanganda yangi xonadonlar harbiy xizmatchilarga topshirildi

0
3256

Namangan shahri Davlatobod tumanida barpo etilgan ko‘p qavatli uylar harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan topshirilgan mazkur xonadonlar yurt himoyachilariga chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Yangi xonadonlar kalitlarini tantanali topshirish marosimida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, viloyat va shahar hokimliklari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari xonadon egalarining quvonchiga sherik boʻldilar. 

Tadbirda Qurolli Kuchlar salohiyatini mutahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini yashash sharoitini yaxshilashga eʼtibor yuqori ekanini ta’kidlandi. 

Harbiy orkestr musiqalari va faxriy qorovul chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati