Andijonda harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar topshirildi

0
1767

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon tumanidagi “Yangi Andijon City” majmuasida 2 ta ko‘p qavatli uy harbiy xizmatchilar uchun foydalanishga topshirildi.

Xonadon kalitlarini topshirish marosimi tantanli tarzda o‘tkazildi. Bayramona oʻtgan tadbirga harbiy xizmatchilarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari xonadon egalarining quvonchiga sherik boʻldilar. 

Kalitlarni Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi mas’ullari, Andijon garnizonidagi harbiy qism komandiri o‘z egalariga tantanali ravishda topshirar ekan, ularning kelgusidagi xizmatlariga zafarlar tiladi. Faxriy qorovul jamoasining saf ko‘rinishlari, harbiy orkestr musiqalari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati