Harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi

0
1118

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!”, shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festivalda Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari hamda OTMning o‘qituvchi va talabalari, faxriylar hamda harbiy pensionerlar ishtirok etishdi.

Dastlab harbiy orkestr sadolari ostida harbiy-vatanparvarlik karvoni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hududiga kirib keldi va tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so’z olganlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilishi hamda armiyamizning bugungi salohiyati haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, Harbiy tibbiyot akademiyasi vakillari tomonidan talabalarga akademiyaning tarixi, faoliyati hamda unda yaratilgan imkoniyatlar va talabalarga beriladigan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.    

Tadbirning bayramona ruhda oʻtgan amaliy qismida talabalarga harbiylar va talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari hamda sahna chiqishlari hamda qurol yaroqlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.