Harbiy bilim yurti faoliyati bilan tanishuv

0
1329

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Chirchiq shahrida joylashgan oliy harbiy bilim yurtida Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent akademik litseyi hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan so‘ng litsey tinglovchilari bilim yurti muzeyi, o‘quv sinf xonalari, amaliy o‘q o‘tish joylari hamda dars jarayonlari, ya’ni desant tayyorgarligi, jangovar texnikalar trenajyorlari bilan tanishdilar, shuningdek, qurollardan otish mashg‘ulotlarida qatnashdi.

Bundan tashqari, anjumanlar zalida bilim yurti haqidagi videorolik namoyish etilib, mehmonlarni qiziqtirgan savollarga to‘liq javob qaytarildi. Bilim yurtida kursantlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish asnosida yoshlarda ofitserlik kasbiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortgan bo‘lsa ajab emas.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti