Navoiyda harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi

0
1833

Oʼz hayotini Vatan himoyasidek sharafli va maʼsuliyatli kasbga bagʼishlagan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, turmush sharoitini yaxshilashga usutvor ahamiyat qaratilmoqda.

Shu maqsadda soha vakillari bosiqchma-bosqich uy joylar bilan taminlanyapti. Jumladan, Navoiy viloyatining Karmana tumanida ham Mudofa vazirligi qoʼshinlaridagi harbiy xizmatchilar uchun yangi uy-joylar bunyod etildi.

Yangi xonadonlar kalitlarini tantanali topshirish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʼmondonligi, viloyat va tuman hokimliklari, Navoiy harbiy prokuraturasi hamda faxriylar ishtirok etib, mamlakatimizda Qurolli Kuchlar salohiyatini mutahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini yashash sharoitini yaxshilashga eʼtibor yuqori ekanini takidlashdi.

Shundan soʼng zamonaviy 5 qavatli turar joy binosidan 30 ga yaqin yangi xonadonning kalitlari oʼz egalariga tantanali topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati