Harbiy qismda yangi binolar foydalanishga topshirildi

0
1830

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatchilarning xizmat sharoitini yaxshilash, harbiy shaharchalarning infratuzilmasi va qiyofasini zamon talablari asosida oʻzgartirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ana shunday islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofa vazirligiga qarashli Fargʻona viloytida joylashgan harbiy qismda tibbiyot punkti va avtomobillar saroyi toʻliq kapital tamirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi, Fargʻona harbiy prokuraturasi mas’ullari, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi mutasaddi xodimlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy qism shaxsiy tarkibini yangi bino foydalanishga topshirilayotgani bilan qutlab, kelgusi xizmatlariga ulkan zafarlar tilashdi. Shundan soʻng qurilish jarayonida faollik koʻrsatgan bir qator harbiy xizmatchilar va qurilish tashkilotlari rahbarlariga harbiy qismning tashakkurnomalari va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.