Aloqa harbiy instituti yosh olimlari “Yoshlar akademiyasi” forumida ishtirok etdi

0
947

Oʻzbekiston Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan l4-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Harbiy sohadagi iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari forumi” oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari hamda innovatsion loyihalari koʻrgazmasi, eng sara ishlanmalar taqdimotlari bilan qatnashdi.

Mazkur tadbir doirasida Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yoshlar akademiyasi” eng faol yoshlari, liderlari aniqlandi va oʼz yutuqlariga ega yosh olimlarni “Yoshlar akademiyasi” aʻzoligiga qabul qilindi.

Jumladan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy tadqiqot lobaratoriyasi ilmiy xodimlari katta leytenant Shahzod Rahmonov – Yoshlar akademiyasi lideri, mayor Shodiyor Ruziev va leytenant Rasulbek Qodomboyev “Yoshlar akademiyasi” aʼzolari boʼlishdi.

Forum davomida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisobi haqida soʻz yuritilib, joriy yilda qilinadigan ishlar rejasi muhokama qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti