Qahramon oʻgʻlonlar yaqinlariga bayram sovgʻalari ulashildi

0
2139

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand, Navoiy hamda Jizzax viloyatlari hokimliklari mas’ullari boshchiligida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasini yod etish maqsadida ularning yaqinlari holidan xabar oldi.

Jumladan, harbiy xizmatchilar samarqandlik leytenant Sayyor Sadinov, leytenant Marufjon Rahmonov, katta serjant Ma’rufjon Rajabov, serjant Ulugʻbek Barnoyev, kichik serjant Nodir Sobirov, kichik serjant Akmal Mirzaahmedov, kichik serjant Ulugʻbek Xasanov, oddiy askar Lochin Hayitov, jizzaxlik podpolkovnik Samandar Kenjayev, kapitan Zafar Boymurodov navoiylik kichik serjant Zokir Qahhorov, kichik serjant Sherali Idiyev kabi marhum harbiy xizmatchilarning xonadonlarida boʻlishdi.

Tashrif chogʻida yurt oʻgʻlonlari marhum harbiy xizmatchilarning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari holidan xabar olib, Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablagʻlari va okrug qoʻmondonligining bayram sovgʻalarini topshirishdi.

Shuningdek, yoʻqlov tadbirlari davomida xizmat burchini bajarish chogʻida tan jarohat olgan harbiy xizmatchilarning holidan xabar olinib, ularga ham Mudofaa vazirligi hamda okrug qoʻmondonligining bayram sovgʻalari yetkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati