Harbiy shaharchada bolalar uchun sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

0
1246

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini, jumladan, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning aynan ikkinchi yo’nalishi ham Yoshlarni jismonan chiniqtirish va ommaviy sportga keng jalb qilishga qaratilgan. Bu borada bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida juda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Yungidan qad rostlayotgan zamonaviy sport majmualari, turli xil sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport zallari, suzish havzalari va fitnes klublari shular jumlasidandir.

Xususan, kuni kecha Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi harbiy shaharchada harbiy xizmatchilar va ularning farzandlari uchun zamonaviy sport maydoni foydalanishga topshirildi. Mazkur sport maydoni barcha zamon talablariga javob beradigan sharoitga ega bo‘lib, harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi masʼul ofitserlari, Shirin shahar hokimligi mas’ullari, shahardagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda soʻz olganlar barchani sport maydoni ochilishi bilan tabriklab, bu kabi bunyodkorlik ishlari yurt himoyachilarining jangovar shaylik darajalarini yana bir pogʻona koʻtarishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati