Qo‘mondon “Prezident maktabi” o‘quvchilari bilan uchrashdi

0
1233

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov Namangan shahridagi “Prezident maktab”iga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda, shuningdek, Namangan shahar hokimi, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv samimiy ruhdagi suhbatlarga ulandi.

Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘z nutqida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ochiq muloqotlar davomida qo‘mondon yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.

Shu kuni maktabning “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko‘krak nishonlari mas’ullar tomonidan o‘z egalariga tantanali tarzda topshirdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarning musiqiy chiqishlar namoyish etilib, barchaga a’lo kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘nggida bir guruh faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati