O‘quvchi yoshlar Qurolli Kuchlar akademiyasi mehmoni bo‘ldi

0
1871

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32 yilligi munosabari bilan “Armiya — jasorat, matonat va bilim maskani!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Unda poytaxtimizdagi maktab oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Dastlab, tashrif buyurganlar oliy harbiy taʼlim muassasasida kursantlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar, muzey faoliyati bilan tanishtirib oʻtildi. Oʻquvchi va talaba yoshlar orasida oʻq otish va qiziqarli savol-javob musobaqasi oʻtkazildi. 

Tabdir maʼnaviy-maʼrifiy dastur bilan davom etdi. Unda soʻzga chiqqanlar milliy armiyamiz saflarida har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni birlashtirish, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish har birimizning burchimiz ekanini va shu yoʻlda yoshlar tasavvurini kengaytirish borasida bunday tadbirlarning ahamiyati toʻgʻrisida fikr yuritishdi.

Shuningdek, tadbir davomida Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati aks etgan videorolik namoyish etildi. Oʻtkazilgan turli musobaqalarda gʻolib deb topilgan yoshlar rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti