Harbiy bilim yurtida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
919

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Toshkent harbiy prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi, Zangiota tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda faxriylar, mahalla faollari, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari va bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida marafon yurish bilan boshlandi, turli koʻrgazmali chiqishlar, robototexnika, harbiy qurol-aslaha va texnikalar namoyishi, sport musobaqalari hamda kamondan va turli oʻquv qurollaridan otish mashgʻulotlari barchaga manzur boʻldi.

Festival yakunida mehmonlar uchun harbiy institutda ekskursiya tashkil etildi. Faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.