“Birga kitob oʻqiymiz” kitob karvoni Toshkent viloyatida

0
1392

Yurtimizda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish ishlari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bo‘lib, bugungi kunda yirik tanlovlar, ragʻbatlantirishlar orqali aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib qilishga e’tibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tashabbusi bilan “Kitob karvoni” tashkil etilib, bolalar va oʻsmirlar kitoblar tarqatildi.

Nurafshon shahridagi mahallalar yoshlariga yuborilgan “Kitob karvoni” aholi va yoshlar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi. Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda viloyatning tuman va shaharlarida “Birga kitob oʻqiymiz” shiori ostida ommaviy kitobxonlik aksiyalari doimiy ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan eng sara badiiy asarlardan iborat “Kitob karvoni” loyihasi yoshlar hayotida muhim voqealardan biri boʻldi. Bu yoshlarni kitobga boʻlgan mehri, qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilsa ajab emas. Karvonda keltirilgan 2,2 ming dona kitob mahallalardagi yoshlar yetakchilariga va o‘quvchi yoshlarga tarqatildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati