Navoiyda askar onalari va farzandlari oʻrtasida telekoʻprik oʻrnatildi

0
1037

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Mudofaa vazirligi miqyosida “Askar onalarini sharaflaymiz” nomli tadbirlar oʻzgacha ruhda boʻlib oʻtmoqda. Navoiy garnizonidagi harbiy qismda oʻtkazilgan navbatdagi shu kabi tadbirda ham muddatli harbiy xizmatchilarning onalari Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida yigitlik burchini oʻtayotgan farzandlari bilan teleko‘prik orqali samimiy suhbat qurishdi.

Dastlab, Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Malika Mamadiyorova va harbiy okrug maʼsullari soʻzga chiqib, barchani Vatan himoyachilari kuni bilan qutlab, milliy armiyamizning bugungi qiyofasi haqida va sarhadlarimiz daxlsizligini asrab-avaylashda munosib hissa qoʻshayotgan askarlarning xizmatini e’tirof etishdi.

Vatan himoyachilarining onalari Surxondaryo viloyatida xizmat qilayotgan farzandlari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali real vaqt rejimida diydor uchrashib, samimiy suhbat qurdilar va o‘zlarining sogʻinch so‘zlarini yetkazdilar.

Uchrashuv yakunida oʻzining naʼmunali xulqi bilan ajralib turgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarning onalariga harbiy qism komandirlarining tashakkurnomalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati