Surxondaryoda keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi

0
1433

Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklar oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, mazkur yoʻnalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatning boshqa institutlari faolligini yana oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik jasorat tuygʻularini singdirish maqsadida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Tadbirda polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev soʻz olib, milliy armiyamiz saflarida har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni birlashtirish, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish har birimizning burchimiz ekanini va shu yoʻlda yoshlar tasavvurini kengaytirish borasida bunday tadbirlarning ahamiyati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Festivalning badiiy qismida yigʻilganlarga jadidlar hayotidan hikoya qiluvchi maxsus sahna koʻrinishi ham namoyish etildi. Festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda harbiy qism texnikalari va qurol-aslaha koʻrgazmalari yoshlar eʼtiboriga havola qilindi.