Harbiy xizmatchilarning farzandlari qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazmoqda

0
1364

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, yosh avlodni kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu boisdan 14-yanvar — Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarning farzandlari qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazishlarini ta’minlash maqsadida Respublika bolalar kutubxonasiga ekskursiya uyushtirildi.

Harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari ishtirok etgan tadbirda dastlab ular kutubxona fondi va elektron jamlanmalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir davomida bolajonlar oʻzlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilish imkoniga ega boʻlishdi.

Bu kabi oʻtkazilayotgan tadbirlar bolajonlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan bir qatorda yangi doʻstlar oʻrttirishi hamda dunyoqarashlarini yanda oshrishida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.